"Dinamo" oʻrtoqlik oʻyinida "Bunyodkor"ni yirik hisobda taslim qildi
Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalaniib, «Dinamo» jamoasi bugun Toshkentda «Bunyodkor»ga qarshi maydonga tushdi.
«Bunyodkor» futbol akademiyasi maydonida o‘tgan bahsda Vadim Abramov shogirdlari Ilyos Zeytullaev murabbiyligidagi «qaldirgochlar»dan ustun keldi. Birinchi bo‘limda hisob ochilmagan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda samarqandliklar hujumkor o‘yin namoyish etib, hisobni ochdi.
50-daqiqada Jaloliddin Jumaboev uzoq masofadan yo‘llagan goli bilan hisobni ochgan bo‘lsa, 67-daqiqada Nurullo To‘xtasinovning uzatmasidan keyin Azizbek Amonov ikkinchi golga mualliflik qildi. 80-daqiqada esa Anvarjon Hojimirzaevning pasidan keyin Azizbek Amonov navbatdagi chiroyli goli bilan dublga erishdi – 3:0.
Shu tariqa, «Dinamo» Toshkentdagi o‘rtoqlik o‘yinida mezbon jamoa ustidan yirik hisobda g‘alabaga erishdi.
Nazorat o‘yini. Toshkent
26 mart (payshanba)
«Bunyodkor» - «Dinamo» - 0:3
Gollar: Jaloliddin Jumaboev 50, Azizbek Amonov 67, 80.
Ma’lumot uchun, «Dinamo» Superliga 5-turida 3 aprel kuni «Xorazm» mehmoni bo‘ladi.
Fikrlar