"dinamo" o‘smirlar jamoasi yapon klubi bilan o‘ynaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Tashrif dasturi doirasida Samarqand viloyat hokimligining turizmni rivojlantirish departamentida muzokara olib borildi.  Muzokarada viloyat turizmni rivojlantirish departamenti hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi vakillari ishtirok etishdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Muzokarada yaponiyaning Yamanasi prefekturasi Kofu shahrining “Vanfore Kofu” va Samarqandning “Dinamo” klubi o‘smirlar futbol jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazish masalalari muhokama etildi.

O‘rtoqlik uchrashuvi joriy yilning 3 aprel kuni “Dinamo” stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu tadbir Samarqandda sport turizmini va yoshlar o‘rtasida sportni rivojlantirishda ijobiy rol o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!