
"Dinamo" yig‘in o‘tkazish uchun Dukentga jo‘nab ketdi
Mavsumning ikkichi qismiga puxta tayyorgarlik ko‘rishni maqsad qilgan “Dinamo” jamoasi Samarqanddagi mashg‘ulotlardan keyin bugun, 24 iyul kuni Toshkent viloyatiga jo‘nab ketdi.
Hakim Fuzaylov murabbiyligidagi jamoa Dukent tog‘li hududidagi mashg‘ulotlar bazasida 8 kun davomida yig‘in o‘tkazib, unda futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash va nazorat uchrashuvi o‘tkazishni rejalashtirgan. 24 iyuldan 1 avgust kuniga qadar tayyorgarlik ko‘rib, avgust oyining birinchi kunida Dukentdan Samarqandga qaytiladi.
Eslatib o‘tamiz, “Dinamo” jamoasi pro-liga 14-turi doirasida 5 avgust, payshanba kuni G‘uzorda “Sho‘rtan” jamoasi mehmoni bo‘ladi.
“Dinamo” matbuot xizmati.
Fikrlar