Diyor Imomxo‘jaev: Badal pullarini kamaytirish ustida ishlayapmiz

  • 2 sentabr, 2020, 17:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev pandemiya sabab to‘xtab qolgan ayollar chempionati va futzal musobaqalari, shuningdek, badal pullari haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

“Pandemiya davrida futbolchilar salomatligi masalasi muhim. Superliga va Pro liga sekin-asta yo‘lga tushdi. Endi qolgan musobaqalar haqida o‘ylayapmiz.

Ayollar futboli nozik masala, klublar ketma-ket testlarni ko‘tara olmaydi. Shundan kelib chiqib, ayollar futboli uchun O‘FA yordamiga tayanish rejalashtirilgan. FIFA bu borada tashkilotni qo‘llashiga, tashkilot esa, ayol futbolchilarga ko‘maklashishiga umid bildirmoqdamiz.

Futzalni boshlab oldik. Keyingi turga qadar futbolchilar yana bir bor test topshirishlari muhim. Unga qadar futzal terma jamoasi yig‘in o‘tkazadi. 

Birinchi liga klublari uchun qayta qur’a marosimi o‘tkazdik. Biz uchun bu liga futbolchilarining ham salomatligi muhim. Shundan kelib chiqib, badal pulini sezilarli kamaytirish ustida ishlayapmiz. Erisha olsak, klublar ortgan pulni futbolchilar salomatligi uchun ishlatishlari mumkin bo‘ladi”, - deb yozadi Imomxo‘jaev o‘z telegram sahifasida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!