Diyor Imomxo‘jaev: Masharipovda Osiyo Chempionlar ligasi finalida o‘ynagan ilk o‘zbekistonlik bo‘lish imkoniyati saqlanib turibdi

  • 17 oktabr, 2021, 15:25
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo chempionlar ligasi chorak final bosqichidan o‘rin olgan "Al-Vahda" hamda "Al-Nassr" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda saudiyaliklar 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Riyodliklar safida harakat qilayotgan Jaloliddin Masharipov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, o‘z nomiga bitta assit hamda ikkita gol yozdirib qo‘ydi. Legionerimiz o‘yinni to‘liq o‘tkazdi.

Shu tariqa, "Al-Nassr" yarim finalga yo‘l oldi. Saudiya klubi "Persepolis" va "Al-Hilol" jamoalari bellashuvi g‘olibi bilan o‘ynaydi.

Ushbu voqelikdan so‘ng PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida o‘z fikrini bildirdi.

- Jaloliddin Masharipov "Al-Nassr"dagi eng yaxshi o‘yinini o‘tkazdi va jamoasini Chempionlar ligasi yarim finaliga olib chiqdi: 2 ta gol va bitta golli uzatma.

Unda Chempionlar ligasi finalida o‘ynagan ilk o‘zbekistonlik bo‘lish imkoniyati saqlanib turibdi.

"Al-Vahda" o‘tgan bosqichda Otabek Shukurov jamoasini ortda qoldirgandi. Bugun esa klub Saudiya jamoasiga qarshi hech narsa qila olmadi, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
17/10/2021 16:30
Ал ҳилолдан ўтиб финалга йўл олса яҳши бўларди. Жалолиддинга омад тилаймиз. Ҳилолга қарши ўйинларда ҳам ўзини голлари ва ацицлари билан бизни ҳурсанд қилишига тилакдошмиз. Олға Жалоллиддин.