
Diyor Imomxo‘jaev: "Navbahor" stadionidagi muhitdan keyin Katanets qaerga kelganini to‘liq tushunib etadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2023 yil Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogining saralash bosqichida ishtirok etadi.
Bugun saralash bosqichiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi "C" guruhidan o‘rin oldi. Ushbu kvartetda Srechko Katanets shogirdlari Tailand, Maldiv orollari va Shri-Lanka bilan kuch sinashadi. Bellashuvlar Namanganda o‘tkaziladi.
Qur’adan so‘ng PFL rahbari Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi safifasida qisqacha fikr bildirdi.
- Namanganlik futbol muxlislari raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar milliy terma jamoani rasmiy o‘yinlarda qo‘llab-quvvatlashlariga shubha yo‘q. Ishonamizki, stadiondagi muhitdan keyin Katanets qaerga kelganini to‘liq tushunib etadi, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.
Fikrlar