Diyor Imomxo‘jaev: "Paxtakor" mamlakat bayroqdori"
O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev Superliga yangi mavsumi oldidan "Paxtakor" haqidf fikr bildirdi.
"Paxtakor" Superkubokda maydonga tushishga to‘la tayyor. Klub futbolchi va rasmiylar litsenziyasini qabul qilib oldi.
"Paxtakor" mamlakat bayroqdori. Shundan kelib chiqib, hamma undan Chempionlar ligasida muvaffaqiyat kutishda davom etadi. Ishonamizki, klub Saudiyada o‘zining haqiqiy saviyasini namoyish etib, millionlab o‘zbekistonlik futbol muxlislari olqishiga sazovor bo‘ladi", - deydi Imomxo‘jaev.
Eslatib o‘tamiz, "sherlar" 27 fevral kuni "Nasaf"ga qarshi Superkubok o‘yini bilan yangi futbol mavsumini boshlaydi.
Fikrlar