Dmitriy Bivol revanshdan umidini uzdi

  • 6 oktabr, 2024, 14:17
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

WBA yo‘nalishida jahon chempioni Dmitriy Bivol (23-0, 12 KO) Saul Alvares(62-2-2, 39 KO)ga qarshi revanshdan umid uzganini bildirdi.

"Kanelo revansh o‘tkazmoqchiligi haqida hech qanday xabar eshitmadim. To‘g‘risi, bu menga qiziq emas. Uning o‘zi mag‘lub bo‘lgan. Xullas, keling, bu mavzuni yopaylik. Mening yo‘lim - yarim og‘ir, Saulniki esa ikkinchi o‘rta vaznda", - dedi rossiyalik "FightHype" You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Bivol 2022 yil may oyida Alvaresni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra engan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!