
Dmitriy Bivol ringga qaytish vaqtini e’lon qildi
Mutlaq jahon chempioni Dmitriy Bivol navbatdagi jangi haqida gapirdi.
"Noyabr oyigacha ringga chiqmoqchi emasman. Biz implantlarni olib tashladik, biroq hozircha sauna yoki mashq qila olmayman. Menga ozgina vaqt kerak. Jangga tayyorgarlik ko‘rish uchun taxminan uch oy" - dedi rossiyalik Bifuhirovning You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Bivol oxirgi jangida Artur Beterbievni hakamlarning qaroriga ko‘ra mag‘lub etgandi.
Fikrlar