Dmitriy Bivol va Artur Beterbiev o‘rtasidagi revanshning ehtimoliy sanasi ma’lum

  • 27 noyabr, 2024, 14:51
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

22 fevral kuni Saudiya Arabistonida "The Riyadh Season" katta boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.

Tecno

E’tiborlisi, mazkur kechada ikki rossiyalik – yarim og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiev va xuddi shu vaznda sobiq jahon chempioni Dmitriy Bivol o‘rtasida revansh o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda taniqli jurnalist Den Rafael xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Bivol va Beterbiev o‘rtasidagi birinchi jang 2024 yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan va unda Artur ochkolar evaziga g‘alaba qozonib, yarim og‘ir vazn toifasi tarixida oltita chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan birinchi bokschiga aylangandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!