Donnarumma uchun yana bir grand klub kurashga qo‘shildi
"Milan" darvozaboni Janluiji Donnarumma hali ham faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha yakuniy qarorga kelgani yo‘q.
Evropaning etakchi nashrlari tarqatgan xabarga qaraganda, 22 yoshli italiyalik posbon uchun kurashga "Manchester Yunayted" ham qo‘shilgan. “Qizil iblislar” yozda erkin agentga aylanadigan Donnarummaga jiddiy qiziqib qolgan. Ammo MYu bu borada PSJ va "Chelsi" bilan raqobatga tayyor turishi kerak.
Bundan tashqari, “Milan” ham mahoratli darvozabonni tarkibda saqlab qolish bo‘yicha ish olib bormoqda. Janluijining agenti Mino Rayola “rossonerilar”dan mijoziga yiliga 10 mln evro maosh va qisqa muddatli shartnoma taklif qilishni so‘ramoqda.
Donnarumma joriy mavsum A Seriyada 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va shularning 8 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.



Fikrlar