
Donnarummaning agenti "Milan" rahbariyatiga qanday talab qo‘ymoqda?
Italiyalik darvozabon Janluiji Donnarummaning "Milan"da qolish yoki qolmasligi hamon noma’lum. U bilan haligacha yangi shartnoma imzolanmagan.
Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda. Futbolchining agenti Mino Rayola mijoziga qisqa muddatli, ya’ni 1 yoki 2 yillik shartnoma va yiliga 10 mln evro maosh berishlarini talab qilmoqda. "Milan" texnik direktori Paolo Maldini esa, Donnarummaga 5 yillik shartnoma va 7,5 mln evro taklif qilgan.
22 yoshli posbon ayni damda “Chelsi” va PSJ kabi grand klublar e’tibor markazida bo‘lib turibdi. Uning “rossonerilar” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Shu sababli u yangi jamoasiga erkin agent sifatida tekinga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Donnarumma joriy mavsum A Seriyada jami 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va shularning 7 tasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
Fikrlar