Dragan Cheranda bu natijani yaxshilash uchun imkoniyat bor

  • 23 iyun, 2020, 16:46
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Serbiyalik futbolchi Dragan Cheran "Bunyodkor" darvozasiga kiritgan ikki to‘pidan keyin legionerlar orasida "Paxtakor"ning O‘zbekiston chempionatidagi to‘purari bo‘lib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Bungacha Cheran va nigeriyalik Ixeruome Uche hisobida 30tadan gol bor edi. Toshkent derbisida urgan ikki golidan keyin Cheran bu ko‘rsatkich borasida rekordchiga aylanib oldi. U o‘z natijasini yaxshilab borish imkoniyatiga ega. Joriy mavsumda Dragan Superligada 6 to‘p kiritishga ulgurdi.

"Paxtakor" tarkibida O‘zbekiston chempionatida eng ko‘p gol urgan 10 futbolchi ro‘yxati quyidagicha:

Dragan Cheran (Serbiya) - 32
Ixeruome Uche (Nigeriya) - 30
Gochguli Gochguliev (Turkmaniston) - 26
Kaxi Maxaradze (Gruziya) - 23
Tiago Bezerra (Braziliya) - 21
Ismael Gonsalvesh (Portugaliya) - 16
Boyan Miladinovich (Serbiya) - 13
Dushan Savich (Makedoniya) - 7
Marko Simich (Chernogoriya) - 7
Aleksandr Kroxmal (Turkmaniston) - 6

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Rustamov Dilmurod
23/06/2020 17:06
Abramov bu sizning aybingiz cheranning hujumchilaridan farqi faqat futbol oʻynashi ex oʻzbikistonim