
Drakslerni Bundesligaga qaytarishmoqchi
PSJ yarim himoyachisi Yulian Draksler "Gerta" qiziqishlari doirasiga kirdi, deya xabar bermoqda frantsuz nashrlari.
Berlinliklar yozgi transfer oynasi vaqtida jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida parijliklar klubiga taklif yuborishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroy, Draksler transferi uchun Londonning "Arsenal"i ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi. Futbolchining PSJ bilan shartnomasi keyingi yil yozigacha amal qiladi.
Joriy mavsumda germaniyalik futbolchi frantsuz klubi tarkibida 19 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Fikrlar