
Drama! Ronaldu va "An-Nasr" guruh bosqichida o‘ynaydi, G‘aniev musobaqa bilan xayrlashdi!
Osiyo chempionlar ligasi so‘nggi saralash bosqichi doirasida "An-Nasr" va "Shabab Al-Ahli" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Unda saudiyaliklar 4:2 hisobida zafar quchdi.
"An-Nasr" safida Taliska (dubl), Al-G‘annam va Brozovich gollar muallifi bo‘ldi. "Shabab Al-Ahli"dan Al-G‘assani dubl muallifi bo‘ldi.
Shu tariqa, Riyod klubi g‘arbiy mintaqada OChL guruh bosqich yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Fikrlar