Drikusning murabbiyi: "Hamzat Chimaev va Dyu Plessi jangida hakam befarqlik qildi"

  • 20.01.2026 16:57
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli murabbiy Morn Visser shogirdi Drikus dyu Plessining chempionlik jangidagi mag‘lubiyatiga izoh berdi.

"Agar Chimaev faqat kurashishini oldindan bilganimizda, Drikusning tayyorgarligini butunlay o‘zgartirardim. Chunki bunday uslubga qarshi Plessida yetarlicha kuch bor edi. Shuningdek, Hamzat Drikusni parterda ushlab turgan paytda faol harakat qilmadi, ajablanarlisi, hakam ham bunga befarq qarab turdi", — dedi Visser "Fight Foreсast" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 16 avgust kuni "UFC 319" turnirida dyu Plessi hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Chimaevdan mag‘lubiyatga uchragandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!