Dunyoning eng zo‘r klublari reytingi e’lon qilindi. O‘zbek klublari nechanchi o‘rinda?

  • 24.01.2022 09:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Futbol tarixi va statistikasi Xalqaro Federatsiyasi — IFFHS 2021 yil yakunlariga ko‘ra jahonning eng kuchli erkaklar klublari reytingini e’lon qildi.

Reytingning eng yuqori pog‘onasidan Braziliyaning "Palmeypas" (332) joy oldi. Kuchli uchlikda esa "Atletiko Mineyro" (313) va "Manchester Siti" (300) qayd etildi. UEFA Chempionlar ligasi g‘olibi "Chelsi" esa 4-o‘rinni egalladi. "Aristokratlar" hisobida 289 ochko bor.

Undan O‘zbekistonning 3 ta klubi joy oldi:

"Nasaf"213-o‘rin (89 ochko)

"Paxtakor"283-o‘rin (75,5 ochko)

AGMK331-o‘rin (70,5 ochko).

Qarshining "Nasaf" jamoasi Osiyo miqyosida 11-pog‘onada qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil yakuniga ko‘ra e’lon qilingan reytingda Toshkentning "Paxtakor" jamoasi o‘zbek klublari ichida eng yaxshi natijani qayd etgan edi: jahonda — 85, Osiyoda — 4-o‘rin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
SHAXBOZ BEKMURODOV
24/01/2022 10:56
NASAF muhleslar jamoasi, NASAF xalq jamoasi, bu muhleslar bu xalq Allohni bandalari demak, NASAF ni Alloh qo‘llaydi.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
24/01/2022 10:53
Nasaf shunchaki dahshad. hamma joyga Nasaf baralla aytiladi. bulmasa pul bulmasa ham kup narsa qilsa bulishi kursatib quygan yagona klub. ha aytkancha kupgena kamandala Nasafcha uyin shakllanterishka harakat qilib yotuvdi. endi uyinchilarni ham yosharterish tizimidan bormoqchi. chunki har qanaqasiga kurashdi Nasafka kuchi etmadi. ohiri uyinchilarni yoshartersak. kuchimiz etar deb. kurashmoqchi Nasaf bilan.
Otabek Otabek
24/01/2022 10:45
Nasaf bos gazini