
Dushan Layovich mag‘lubiyat sabab kuchli yuzlikni tark etadi
Serbiyalik tennischi Dushan Layovich "Uimbldon"ning birinchi davrasidagi to‘siqdan o‘ta olmadi. Bunga Uning polshlik Xuberta Gurkachga qarshi o‘yinda 3:6, 6:4, 4:6, 4:6 hisobida taslim bo‘lgani sabab bo‘ldi.
Endi London shahrida davom etayotgan "Katta dubulg‘a" musobaqasining ikkinchi bosqichida Gurkach argentinalik Leonardo Mayer bilan kuch sinashadi.
Eslatib o‘tamiz, Gulbis ushbu natija sabab o‘zining o‘tgan yili mazkur turnirning to‘rtinchi davrasiga qadar muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etib, qo‘lga kiritgan ochkolaridan mahrum bo‘ladi va kuchli yuzlikni tark etadi.
Fikrlar