Dushan Miyich "Qizilqum"futbolchisiga aylandi

  • 7 yanvar, 12:04
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Navoiyning "Qizilqum" jamoasi navbatdagi transferni e’lon qildi.

Tecno

"Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan jamoamiz murabbiylari navbatdagi transfer bo‘yicha kelishuvga erishdi. O‘tgan mavsumda Samarqandning "Dinamo" jamoasida to‘p tepgan serbiyalik tajribali himoyachi Dushan Miyich endilikda "oltin izlovchilar" sharafini himoya qiladi.  Klub rahbariyati futbolchi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, Dushan yakunlangan mavsumda "Dinamo" tarkibida umumiy hisobda 28 ta uchrashuvda maydonga tushdi va raqiblar darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi.

Dushan Miyichning jamoamizdagi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz. Xush kelibsiz "Qizilqum" PFK ahil oilasiga", - deya xabar berdi klub matbuoti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!