Dushanbedan daraklar. Bangladesh gol urdi, lekin O‘zbekiston zafar quchdi

  • 6 noyabr, 2017, 16:02
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kutilmaganda raqiblar o‘yinni faollik bilan boshladi. O‘yindagi dastlabki xavfli vaziyat ham ular tomonidan sodir etildi. Umidjon Ergashov ushbu vaziyatda qiyinchiliksiz darvoza tomon yo‘llangan zarbani to‘xtatib qoldi.

Tecno

Keyingi daqiqalarda yoshlarimiz o‘yin tizginini o‘z qo‘llariga olishdi va raqib darvozasi tomon ketma-ket xavfli zarbalar bera boshladi. Ishonchli tarzda himoyalana olgan bangladeshliklar faqatgina qarshi hujumda o‘z omadlarini sinab ko‘rishdi. Biroq birinchi bo‘lim 0:0 hisobida yakuniga etdi.

Ikkinchi 45 daqiqalik hamyurtlarimizning to‘liq ustunligi ostida o‘tdi. O‘z jarima maydonlariga qamalib olgan raqiblar himoyada tartibli harakat qildi. Bir qancha hujumlarimiz esa qo‘pollik bilan to‘xtatib qolindi.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalari o‘tib borayotganda BAngladesh futbolchisi o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi. Natijada hamyurtlarimiz zafar quchishdi. 

U-19 OCh saralashi

"B" guruhi, 4-tur

Bangladesh U-19 – O‘zbekiston U-19 0:1

Gol: Muhammad Attikuzzamon (avtogol 90+4)

O‘zbekiston U-19: Umidjon Ergashov, Alisher Salimov, Dilshod Saidov, Izzatov, Asqarov, Rasul Yo‘ldoshev, Islom Kenjaboev, Ibrohim Yo‘ldoshev, Akmal Mozgovoy (Raximov, 82), Jahongir Abdusalomov, Sanjar Zokirov (Abbos Jumaqulov, 82)

Zaxira: Ermamatov, Nodirbek Kuybakov, Afzal Xolmuhammedov, Javoxir Qilichev, Shohruxbek Abduraxmonov, Abubakir Mo‘ydinov, Asadbek Sobirjonov, Xasan Yo‘ldoshev.

Yoqubjon Soxibov
Hisor, Dushanbe, Tojikiston

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!