Xusanovning "Real Madrid"ga qarshi oʻyini statistik portallar tomonidan baholandi

  • 18.03.2026 03:56
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

EЧЛning 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Manchester Siti" — "Real Madrid" jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur bahsda Alvaro Arbeloa shogirdlari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. E’tiborli­si, "Siti" tarkibida Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa maydonda bo‘ldi.

Bellashuvdan so‘ng turli statistik portallar vakil­mizning harakatlarini turlicha baholadi.

Fotmob portali hamyurtimizni 7.9 ballga loyiq ko‘rsa, Sofascore portali unga 7.2 ball berdi. Bundan tashqari, Flashscore sayti ham Husanovga 7.9 ball qo‘ygan.

Ma’lumot uchun, ikki o‘yin­ning umumiy natijasiga ko‘ra, "Real Madrid" 5:1 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!