Dushanbedan daraklar. Bosh murabbiy katta o‘zgarishga qo‘l urdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-19 Osiyo chempionati saralash bahslari doirasida ikkinchi uchrashuvini o‘tkazadi. Hamyurtlarimiz birozdan so‘ng Maldiv orollari vakillariga qarshi maydonga tushadi.

Terma jamoamiz biroz avval ushbu o‘yin o‘tkaziladigan Pomir stadioniga etib keldi. Ushbu qarama-qarshilikka mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da start beriladi.

Bosh murabbiy Aleksandr Mochinov o‘tgan turda maydonga tushgan bir necha nafar futbolchiga dam berib, aralash tarkibni maydonga tushirishga qaror qildi.

O‘zbekiston U-19: Javoxir Qilichev, Jasurbek Ermamatov, Jasur Rahimov, Dilshod Saidov, Suxrob Izzatov, Boburjon Asqarov, Islom Kenjaboev, Ibrohim Yuldashov, Akmal Mozgovoy, Xasan Yo‘ldoshov, Abbos Jumaqulov

Zaxira: Umidjon Ergashev, Alisher Salimov, Nodirbek Kuybakov, Rasul Yo‘ldoshev, Afzal Xolmuhammedov, Shohruxbek Abduraxmonov, Jahongir Abdusalomov, Sanjar Zokirov, Abubakir Mo‘ydinov, Obidjon Tolipov, Asadbek Sobirjonov

Yoqubjon Soxibov
Hisor, Dushanbe, Tojikiston

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!