Dyumfris "Real" bilan 2030 yilgacha shartnoma imzoladi

  • 09.06.2026 12:44
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi "Inter" himoyachisi Denzel Dyumfris bilan 2030 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Bu haqida taniqli insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, milanliklar Niderlandiya terma jamoasining 30 yoshli futbolchisi transferi uchun 20 million yevro qabul qilib oladi.

Dyumfris o‘tgan mavsum A Seriyasida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!