Dzanolo xabar kutadi

  • 19 aprel, 2022, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Napoli” bilan bo‘lgan uchrashuvda ancha faol o‘ynagan Nikolo Dzanolo o‘yin oxiriga borib, to‘pig‘idagi og‘ridan shikoyat qildi va o‘zini almashtirishlarini so‘radi. Natijada Joze Mourino 86-daqiqada uning o‘rniga Feliks Afena-Gyanni maydonga tushirdi.

Tecno

Endi Nikolo shu kunlarda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Agar jarohati jiddiy bo‘lib chiqsa, bu rimliklar uchun katta yo‘qotish bo‘ladi.

Chunki poytaxtliklar navbatdagi turda 23 aprel kuni amaldagi chempion “Inter” mehmoni bo‘ladi. Dzanoloning bo‘lajak bahsda o‘ynay olmasligi Joze Mourinoni jamoaga muvaffaqiyat keltirayotgan taktikasini o‘zgartirishga majbur qiladi.

Nikolo Dzanolo joriy mavsumda barcha turnirlarda 36 ta uchrashuv o‘tkazib, ettita gol va 8 ta assist muallifi bo‘ldi.

Ayni paytda “Roma” Dzanoloni mavsum yakunlanishi bilan sotib yuborishi haqida xabarlar ko‘payib bormoqda. Rim klubi futbolchini yangi shartnomaga ko‘ndira olmagani bois, yozda 60 million evroga sotib yubormoqchi.

Dzanologa Italiya va Angliyaning etakchi klublaridan jiddiy chorlovlar bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!