
Dzyuba Arshavinga etib oldi
Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi forvardi Artyom Dzyuba UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan "Benfika"ga (3:1) qarshi o‘yinda o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.
E’tiborlisi, bu 31 yoshli rossiyalik futbolchi uchun professional faoliyatidagi 158-gol bo‘ldi. U bu borada piterliklar afsonasi Andrey Arshavinga tenglashib oldi. Ular ayni damda rossiyalik to‘purarlar reytingida 6-o‘rinni bo‘lishib turishibdi.
Ushbu ro‘yxatni Aleksandr Kerjakov boshqarib bormoqda. Uning hisobida 233ta gol mavjud. Keyingi o‘rinlardan esa Oleg Veretennikov (207), Roman Pavlyuchenko (188), Sergey Rodionov (164) va Aleksandr Mostovoylar (163) joy olishgan.
Fikrlar