Dzyuba Rossiya premer-ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar beshligiga kirib oldi
Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi hujumchisi Artyom Dzyuba bugun Rossiya premer-ligasining 5-turidan o‘rin olgan "Dinamo"ga qarshi o‘yinda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
E’tiborlisi, bu 30 yoshli futbolchi uchun RPLdagi 105-gol bo‘ldi va u musobaqa tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar beshligiga kirib oldi.
Dzyuba bu borada Dmitriy Loskov (120), Dmitriy Kirichenko (129), Aleksandr Kerjakov (139) va Oleg Veretennikovlardan (143) ortda qolmoqda xolos.
Fikrlar