Dzyuba yangi shartnomaga imzo chekdi
"Zenti" klubi o‘z hujumchisi Artyom Dzyuba bilan yangi kelishuvga erishdi.
31 yoshli futbolchining yangi bitimiga ko‘ra, Dzyuba yana 2 yil vaqt mobaynida Sankt-Peterburg klubi sharafini himoya qiladi va buni yana bir yil muddatga uzaytirishi mumkin.
Dzyubaning maoshi yiliga 3,6 mln evroni tashkil etmoqda. Bu "Zenit"ning rossiyalik futbolchilari orasida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, forvard klubi uchun barcha turnirlarda joriy mavsum 24 ta uchrashuv o‘kazib, 12 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar