Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Tbilisi Gran prisida ishtirok etuvchi tarkibi ma’lum bo‘ldi

  • 20 mart, 2019, 18:46
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 29-31 mart kunlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida o‘tkaziladigan Gran-Pri turkumiga kiruvchi turnirda ishtirok etadi. 

Ayni paytda dzyudochilarimiz Farhod To‘raev bosh murabiyligida bo‘lajak nufuzli musobaqaga so‘nggi tayyorgarlik mashg‘ulotini olib borishyapti. Tbilisi tatamilarida sayyoramizning 55 davlatidan jami 452 nafar dzyudochi o‘z mahoratini namoyish etadi. Ular qatorida 9 nafar dzyudochimiz musobaqa medallari hamda Tokio Olimpiadasining muhim reyting ochkolari uchun bahs olib borishadi. Tbilisiga yo‘l oladigan tarkibimiz:

Erkaklar:

-60 kg: Diyorbek O‘rozboev, Sharofiddin Lutfullaev

-73 kg: Hikmatilla To‘raev

-81 kg: Kamoliddin Rasulov

-90 kg: Yahyo Imomov, Davlat Bobonov

-100 kg: Muhammmadkarim Xurramov

Ayollar:

-70 kg: Gulnoza Matniyazova

-78 kg: Nodira Yuldasheva

Murabbiylar: Farxod To‘raev, O‘ktam Rahmonov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!