
Dzyudo. Bugun 2 nafar vakilimiz jahon chempionatida ishtirok etadi
Bugun Abu-Dabi mezbonligida o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida yakkalik bahslari o‘z yakuniga etadi. Eng og‘ir vazn toifalarida kechadigan bellashuvlarda hamyurtlarimizdan Rinata Ilmatova hamda o‘tgan yilgi dunyo birinchiligining bronza medali sohibi Alisher Yusupov tatamiga chiqishadi.
Dzyudochilarimizning ilk raqiblari bilan tanishing:
+100 kg: Alisher Yusupov – Azamat Chotchaev (Bahrayn) / Errasil Kajibaev (Qozog‘iston)
+78 kg: Rinata Ilmatova – Lea Fonten (Frantsiya)
Eslatib o‘tamiz, Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tayotgan jahon chempionatida hozircha O‘zbekiston terma jamoasi hisobida 1 ta kumush medal mavjud. Ushbu medalni ayollar o‘rtasida -52 kg vazn toifasida Diyora Keldiyorova delegatsiyamiz hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar