
Dzyudo. Bugun 4 nafar hamyurtimiz jahon chempionatida ishtirok etadi
Bugun Toshkentda o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining uchinchi kun bahslariga guvoh bo‘lamiz. Ushbu kun dasturida erkaklar -73, ayollar -57 kg vazn toifalarida bahs olib borishadi. Unda terma jamoamizning to‘rt nafar vakili kurashga kirishadi. Hamyurtlarimizning ilk raqiblari:
-73 kg: Shahram Ahadov - D.Rodriges (AQSh)
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev - F.Nijie (Gambiya)
-57 kg: Nilufar Ermaganbetova - R.Silva (Braziliya)
-57 kg: Shukurjon Aminova - A.Kochkonbaeva (Qirg‘iziston) / M.Huh (Koreya Respublikasi)
Fikrlar