
Dzyudo. Bugun o‘rta vazn toifasida qit’a birinchiligining g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi
Xabaringiz bor, Tailand poytaxti Bangkok shahrida kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Bugun qit’a birinchiligining ikkinchi kuni o‘rta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. Erkaklar -73, -81 kg, ayollar esa -57, -63 va -70 kg vaznlarda g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Dzyudochilarimizning ilk davradagi bellashuvlari:
Erkaklar:
-73 kg: Shahram Ahadov - Hay Ba Nguen (Vetnam)/Kadek Varma Putra (Indoneziya)
-73 kg: Mardon Ravshanov - Esset Kuanov (Qozog‘iston)
-81 kg: Arslonbek Tojiev - Chin-Yi Luo (Xitoy Taypeyi)
Ayollar:
-57 kg: Shukurjon Aminova - Kim Juhi (Koreya Respublikasi)/Medine Orazniyazova (Turkmaniston)
-63 kg: Marjona Nurullaeva - Nasiba Narimonova (Turkmaniston)/Heo Seulmi (Koreya Respublikasi)
-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva - Alina Moldokulova (Qirg‘iz Respublikasi)
-70 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva - Esui Darhanbatbayar (Mo‘g‘uliston)
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fikrlar