Dzyudo. Kadetlarimiz bugun Jahon chempionatidagi yurishini boshlaydi

  • 24.08.2022 11:03
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Dzyudo
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Bosniya va Gertsegovinaning Saraevo shahrida kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionati start oladi.

Dunyoning 61 davlatidan 492 nafar dzyudochi ishtirok etadigan dunyo birinchiligida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ham medallar uchun bahs olib boradi. Bugungi bellashuvlarda 4 nafar dzyudochimiz medallar uchun tatamiga chiqadi.

O‘smirlar

-50 kg: Mirjahon Sayfiddinov - Yassin Sabrah (Misr)

-55 kg: Anvarjon Ibrohimov - Abdulaziz Bushnag (Saudiya Arabistoni)/ Erik Saghatelyan (Armaniston)

Qizlar

-40 kg: Laziza Haydarova - Aizat Naukenova (Qozog‘iston)/ Anastasiya Superson (Ukraina)

-44 kg: Umidaxon Burxonjonova - Aliman Abdrashitova (Qirg‘iziston)

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!