Dzyudo. "Katta dubulg‘a" turniri start olmoqda, vakillarimiz o‘z raqiblarini bilib oldi

  • 25 noyabr, 2021, 15:44
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 26-28 noyabr kunlari BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida dzyudo bo‘yicha «Katta Dubulg‘a» turkumiga kiruvchi nufuzli turnir bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Yilning so‘nggi «Katta Dubulg‘a» musobaqasida dunyoning 5 qit’asi 41 davlatidan jami 225 (137 erkak, 88 ayol) nafar dzyudochi medallar uchun tatamiga chiqadi. Yurtimiz sharafini Ilias Iliadis va Bekzod To‘raboev murabbiyligidagi 10 nafar dzyudochimiz himoya qiladi. Ular orasida Tokio Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonov ham bor.

Terma jamoamiz delegatsiyasi ham Abu-Dabiga etib bordi. Bugun «Katta Dubulg‘a» turniriga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Ertaga esa engil vazn toifasidagi bellashuvlar bilan musobaqaga start beriladi. Quyida qur’a natijalari bilan tanishing:

-60 kg: Dilshodbek Baratov – Dilshot Xolmatov (Ukraina)

-66 kg: Dilshodbek Yo‘ldoshev – Lutsian Borsh (Ruminiya)

-73 kg: Hikmatilloh To‘raev – Jeyk Bensted (Avstraliya) / Abdulloh Hamad (Saudiya Arabistoni)

-81 kg: Suhrob Tursunov – Bolor-Ochir Gereltuya (Mo‘g‘uliston)

-81 kg: Arslonbek Tojiev – Muhammad Al Harbi (Saudiya Arabistoni)

-90 kg: Davlat Bobonov – Jahongir Majidov (Tojikiston) / Mohab Elnaxas (Kanada)

-100 kg: Muzaffarbek To‘raboev – Folk Petersilka (Germaniya)

-100 kg: Aqlmurodbek Xudoyberdiev – Tomas Briseno (Chili)

+100 kg: Shohruh Mamarasulov – Marius Fizel (Slovakiya)

-52 kg: Diyora Keldiyorova – Aleksandra Kaleta (Polsha)

O‘zbekiston Dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!