Dzyudo. Osiyo chempionatida 10 ta medal qo‘lga kiritdik
Xitoyning Ordos shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning so‘nggi kuni Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori Alisher Yusupov jamoamizga oltin medal taqdim etdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 3 ta kumush, 6 ta bronza, jami 10 ta medal bilan Osiyo chempionatining yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunladi.
E’tiborlisi, O‘zbekiston sport delegatsiyasi Osiyo chempionati ishtirokchi davlatlari orasida eng ko‘p medalga ega chiqdi.
Ertaга qit’a birinchiligida aralash jamoaviy bellashuvlar o‘tkaziladi.
Oltin medal:
+100 kg: Alisher Yusupov
Kumush medallar:
-48 kg: Laziza Haydarova
-52 kg: Sita Kadambaeva
-70 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva
Bronza medallar:
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov
-70 kg: Khurshida Razzoqberdieva
-78 kg: Barchinoy Qodirova
-100 kg: Ernazar Sarsenbaev
+78 kg: Umida Nig‘matova
+100 kg: Muzaffarbek To‘raboev
Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar