
EChL. 2016 yildan keyin ilk bor penaltilar seriyasiga murojaat qilindi
EChL nimchorak finalidan o‘rin olgan "Arsenal" - "Portu" uchrashuvning asosiy vaqtida g‘olib nomi aniqlanmaganidan keyin penaltilar seriyasiga murojaat qilindi.
So‘nggi marta 2016 yilgi Chempionlar ligasi finalida penaltilar seriyasi amalga oshirilgan."Madrid derbisi"da dastlab 15-daqiqada Serxio Ramos hisobni ochadi, 79-daqiqada esa Karrasko imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘yadi.
Penaltilar seriyasida "Real" 5:3 hisobida zafar quchib, Chempionlar ligasini qo‘lga kiritadi. Mazkur uchrashuvdan 8 yil o‘tib, "Arsenal" - "Portu" bahsida g‘olib nomi 11 metrlik jarima zarbalari orqali aniqlandi.
Fikrlar