EChL. 3-turning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodla e’lon qilindi
UEFA matbuot xizmati Chempionlar ligasining joriy mavsumidagi 3-tur bahslaridan so‘ng haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Ushbu mukofot uchun “Atletik” hujumchisi Gorka Guruseta, PSV yarim himoyachisi Dennis Man, Dortmundning “Borussiya” klubi futbolchisi Feliks Nemecha va “Barselona” yarim himoyachisi Fermin Lopes kurashmoqda.
Guruseta “Qarabog‘”ga qarshi, Man “Napoli” bilan uchrashuvda, Nemecha “Kopengagen” darvozasiga ikkita gol urdi. Lopes esa “Olimpiakos”ga qarshi bahsda xet-trik qayd etdi.
Ma’lumot uchun, PSJ, “Real Madrid”, “Bavariya”, “Inter” va “Arsenal” jamoalari bir xil — 9 ochkodan jamg‘argan holda turnir jadvalida etakchilik qilmoqda.



Fikrlar