ECHL. APL klublari 1/8 finalning ilk bahslarida omadsiz ishtirok etdi
Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichining dastlabki oʻyinlarida Angliya klublari birorta ham gʻalaba qozona olmadi. Olti jamoa ishtirok etgan bahslarda 4 ta magʻlubiyat va 2 ta durrang qayd etildi. Umumiy hisob — 6:16.
Maʼlumot uchun, bu mavsum 1/8 finalda APLdan 6 ta klub ishtirok etmoqda va bu rekord natija hisoblanadi.
Seshanba kuni "Tottenxem" "Atletiko"ga 2:5 hisobida magʻlub boʻldi, "Liverpul" "Galatasaray"ga 0:1 hisobida yutqazdi, "Nyukasl" esa "Barselona" bilan 1:1 hisobida durrang oʻynadi.
Chorshanba kuni "Manchester Siti" "Real Madrid"dan 0:3 hisobida yirik magʻlubiyat qabul qildi, "Chelsi" PSJga 2:5 hisobida yutqazdi, "Arsenal" esa "Bayer"ni magʻlub eta olmadi — 1:1.
Qayd etish joiz, ushbu haftada barcha ingliz klublari ilk oʻyinlarni safarda oʻtkazdi.
Javob uchrashuvlari 17 va 18 mart kunlari boʻlib oʻtadi.

Fikrlar