
EChL. "Arsenal" o‘zi uchun ahamiyatsiz bellashuvda durang o‘ynadi
Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqich 6-turidan o‘rin olgan PSV - "Arsenal" bahsida jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
42-daqiqada Edvard Nketiya bellashuvda hisobni ochgan bo‘lsa, 50-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Yorbe Vertessen o‘yinda muvozanatni tikladi. Mazkur hisob uchrashuv yakuniga qadar saqlanib qoldi.
Shu tariqa, "Arsenal" 13 ochko bilan guruh peshqadami sifatida pley-offga yo‘l oldi. 9 ochkosi bor PSV ikkinchi pog‘onani band etib, "kanonirlar" bilan birgalikda keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar