EChL. "Bavariya" safarda "Galatasaroy"ni taslim qildi
EChL 3-turidan o‘rin olgan "Galatasaroy" - "Bavariya" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda myunxenliklar 1:3 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda Koman, Keyn va Musiala bittadan gol urgan bo‘lsa, Ikardi penaltini aniq amalga oshirib, javob qaytardi.
Shu tariqa, Tuxel shogirdlari guruhda 9 ochko bilan hamon peshqadam bo‘lib turibdi. "Galatasaroy" esa 2-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar