
EChL. "Inter" safarda "Bavariya"ni kichik farq bilan taslim etdi
UEFA Chempionlar Ligasining chorak final bahslariga start berildi.
Mazkur bosqich doirasida "Bavariya" o‘z maydonida "Inter"ni qabul qildi. Ushbu qarama-qarshilikning dastlabki to‘qnashuvida Milanliklarning qo‘li baland keldi - 1:2.
Dastlab, birinchi bo‘limning 38-daqiqasida Lautaro Martines mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 85-daqiqada esa Laymerning uzatmasidan so‘ng Tomas Myuller oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Mehmonlarning javob golidan 3 daqiqa o‘tib Davide Frattezi raqib darvozasini ishg‘ol etdi va "Inter"ning uyga g‘alaba bilan qaytishini ta’minladi.
Fikrlar