
EChL. Ter Shtegen va Gavi "Barsa"ga bugun yordam bera olmaydi (qaydnoma)
Bugun Evropa chempionlar ligasi guruh bosqich o‘yinlari davom ettiriladi.
Kataloniyaning "Barselona" klubi bu safar o‘z maydonida Portugaliyaning "Portu" jamoasini qabul qiladi. Mazkur bahs uchun "ko‘k-anorranglilar"ning kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi.
Darvozabon Mark-Andre ter Shtegen va yarim himoyachi Gavi kengaytirilgan tarkibdan joy olmagan. Ular jarohat sabab mazkur o‘yinni o‘tkazib yuborishadi.
Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar 4 o‘yindan so‘ng 9 ochko bilan "H" guruhida peshqadamlik qilmoqda. "Portu" ham 9 ochko jamg‘arib, guruhda 2-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar