
EChL. "Tottenxem" safarda kambek amalga oshirib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi
Evropa Chempionlar ligasining 2-turidan o‘rin olgan "Budyo-Glimt" - "Tottenxem" o‘rtasidagi to‘qnashuv jangovar 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
4 tala gol ham ikkinchi bo‘limda kiritildi. Dastlab, Yens Petter 53-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 13-daqiqa o‘tib esa norvegiyalik hujumchi dublni rasmiylashtirdi. Ikkinchi golni o‘tkazib yuborgan "shporlar" tezda javob berdi va 68-daqiqada Van de Ven hisobni qisqartirdi. Mezbon jamoa futbolchisi Yosteyn Gundersen esa 89-daqiqada avtogol muallifi bo‘lib, o‘yindagi hisob tenglashishiga sababchi bo‘ldi.
- Europe - UEFA Chempionlar ligasi
- League Stage

Bodø / Glimt
- Jens Petter Hauge 53'
- Jens Petter Hauge 66'
Tugadi
2
:
2
00:00

Tottenhem
- Micky van de Ven 68'
- Jostein Gundersen 89'
Fikrlar