
EChL yo‘llanmasini naqd qilgan "Arsenal" tarkibni kuchaytirmoqchi
Keyingi mavsum Evropa chempionlar ligasida ishtirok etishi aniq bo‘lib ulgurgan "Arsenal" tarkibni kuchaytirmoqchi.
"The Telegraph" nashrining xabariga ko‘ra, londonliklar "Chelsi" yarim himoyachisi Meyson Mauntga qiziqish bildirmoqda. "Kanonirlar" hamshaharlari bilan futbolchi borasida muzokaralarga kirishgan. Mauntni shuningdek "Liverpul" ham o‘z tarkibida ko‘rmoqchi.
"Arsenal"ning yozgi transfer asosiy maqsadi "Vest Xem" sardori Deklan Rays bo‘lib turibdi. Qolaversa short-listdan "Brayton" havbeki Moyses Kaysedo ham o‘rin egallagan. Londonliklar qishki transfer oynasida Moyses bilan kelishuvga erisha olmagandi.
Fikrlar