ECHL. "Yuventus" g'alaba qozondi, ammo musobaqa bilan xayrlashdi

  • 26.02.2026 03:48
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Yuventus" Chempionlar ligasi pley-off javob uchrashuvida "Galatasaray"ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi, biroq ikki o‘yin natijasiga ko‘ra musobaqani tark etdi.

37-daqiqada Manuel Lokatelli penaltiidan hisobni ochdi. 49-daqiqada Lloid Kelli to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 70-daqiqada Federico Gatti gol urdi, 82-daqiqada esa Ueston Makkenni hisobni yiriklashtirdi.

Uchrashuv qo‘shimcha vaqtga o‘tdi. Qo‘shimcha bo‘limning birinchi qismi oxirida Viktor Osimxen Barish Yilmaz uzatmasidan so‘ng gol urdi. 119-daqiqada esa Yilmazning o‘zi ham darvozani ishg‘ol qildi.

Shu tariqa, "Yuventus" g‘alaba qozonganiga qaramay, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra musobaqadan chiqib ketdi.

  • Europe - UEFA Chempionlar ligasi
  • Knockout Round Play-offs
625.png

Yuventus

  • Manuel Locatelli 37'
  • Federico Gatti 70'
  • Weston McKennie 82'
E.T.
3 : 2

26.02.2026 01:00

34.png

Galatasaray

  • Victor Osimhen 105'
  • Barış Alper Yılmaz 119'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!