
Eddi Xirn: "Golovkin Kaneloni kutishdan charchagan"
Gennadiy Golovkinning promouteri Eddi Xirn Saul Alvarez bilan uchinchi jang borasida gapirdi.
“Men Gennadiyga Kaneloni kutmaslikni aytdim. Biz navbatdagi qadamimizni qo‘yish vaqti keldi. Bizda o‘rta vazn toifasida g‘alaba qozonish rejasi mavjud. O‘ylaymanki, u kutishdan charchagan.
Aslida, 14 sentyabr kuni jang bo‘lishi kerak edi. Lekin Saul buni rad etdi.
Baribir biz Alvarezga xurmat ko‘rsatishimiz lozim. U joriy yilda Daniel Jeykobs va Sergey Kovalyovlar bilan jang o‘tkazishi mumkin”, dedi Xirn.
Fikrlar