Eddi Xirn: "Jeyk Pol Entoni Joshuani mag‘lub etsa, barchamiz nafaqaga chiqishimizga to‘g‘ri keladi"
Taniqli promouter Eddi Xirn angliyalik Entoni Joshua (28-4, 25 KO) va bokschi-bloger Jeyk Pol (12-1, 7 KO) janggi haqida gapirdi.
"Pol +90 kg vazn toifasida dunyoning eng yaxshi 50 nafar bokschilaridan biri. Garchi u to‘laqonli professional bo‘lsa ham, jahon darajasidagi jangchi, deb o‘ylamayman. Biroq Jeyk Joshuani mag‘lub etsa, barchamiz nafaqaga chiqishimizga to‘g‘ri keladi", - dedi Xirn.
Eslatib o‘tamiz, Joshua va Pol o‘rtasidagi tqo‘nashuv 21 dekabr kuni O‘zbekiston vaqti bilan 08:00 da bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar