Eden Azar eng yaxshi driblingchilarni sanadi
"Chelsi"ning sobiq yulduzi Eden Azar maydonda ko‘rgan eng yaxshi driblingchilarni sanab o‘tdi. O‘z vaqtida u driblingning eng katta ustalaridan biri hisoblangani uchun, uning fikri alohida ahamiyatga ega.
"Hatem Ben Arfa va Gael Kakuta — maydonda ko‘rgan eng yaxshi driblingchilarim", — dedi belgiyalik futbolchi "The Touchline" nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Azar ikki yil oldin futbolchilik faoliyatini yakunladi. U 2019 yil yozida "Chelsi"dan "Real Madrid"ga o‘tgan, ammo doimiy jarohatlar sabab Ispaniyada o‘zini to‘liq namoyish eta olmagan. 2026 yilning yanvar oyida sobiq vinger 35 yoshni qarshilaydi.



Fikrlar