
Ederson: "Husanov buyuk futbolchilardan biri"
Angliya Premer-ligasining 29-turida "Manchester Siti" "Brayton" bilan bahs olib boradi. Mazkur to‘qnashuvdan avval jamoa darvozaboni Ederson qishda yangi qo‘shilgan futbolchilar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men kuchaytirishni juda ijobiy narsa deb bilaman. Husanov esa buyuk himoyachilardan biri, ulkan iste’dod egasi hisoblanadi. U so‘nggi o‘yinlarda juda yaxshi o‘ynamoqda.
Niko ham bizga juda kerak bo‘lgan pozitsiyada yordam berish uchun keldi. Ehtimol jamoamizdagi eng muhim pozitsiya desam adashmagan bo‘laman. Shu bilan birga, u himoyaviy jihatdan ham anchagina etuk o‘yinchi.
Marmush oldindan bizga qo‘shimcha kuch berish, yordam berish, yaxshi natijalarga erishish uchun muhim futbolchiligini bilgan edik.
Bundan tashqari, bizda Vitor bor, u juda istiqbolli kelajakka ega himoyachidir" - deya ta’rif berib o‘tdi, braziliyalik posbon.
Ma’lumot o‘rnida, bugungi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi.
Fikrlar