
Eduard Mendi "Chelsi"da qolmoqchi emas!
"Chelsi" darvvozaboni Eduard Mendi klubning yangi olti yillik shartnoma taklifini rad etdi. Buning sababi esa Mendi taklif qilingan maoshdan qoniqmayapti.
Senegal terma jamosi tarkibida darvozabon jahon chempionatining nimchorak final bosqichiga chiqdi va Angliyaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
30 yoshli posbon joriy mavsumda londonliklarning asosiy tarkibidan tushib qoldi. U chempionatning to‘qqizta uchrashuvida maydonga tushib, 12 ta gol o‘tkazib yubordi va bitta sariq kartochka oldi. 2020/2021 yilgi mavsumda Mendi "aristokratlar" bilan chempionlar ligasida g‘olib bo‘lgandi.
Fikrlar