Eduar Mendi: "Eng muhim — bugun futbol gʻalaba qozondi"

  • 19.01.2026 04:13
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Senegal terma jamoasi darvozaboni Eduar Mendi Afrika millatlari kubogi finalida Marokash ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi. Qo‘shimcha vaqtda 1:0 hisobida yakunlangan bahsda Mendi hal qiluvchi rol o‘ynadi.

Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtning 14-daqiqasida Mendi Braim Diasning penaltiidan panenka usulida bergan zarbasini qaytardi. Ushbu epizod oldidan penalti belgilanishi bilan bog‘liq uzoq tortishuvlar bo‘lib o‘tgan, Senegal futbolchilari hatto maydonni tark etgan edi.

"Biz his-hayajon bilan gapirishni istamaymiz. Futbolda har xil holatlar bo‘ladi, ammo eng muhimi — bugun futbol g‘alaba qozondi. Marokash bu sovrinni 50 yildan ortiq kutdi, ular qo‘llaridan kelgancha harakat qildi. Biz esa o‘z javobimizni berdik va bugun Senegal g‘alabasini nishonlayapmiz.

Penaltiga kelsak, Dias panenka bilan tepdi, men esa oxirigacha tik turdim. O‘sha paytda jamoamga yordam berdim. Biz bu finalni yutishga va kubokni uyga olib ketishga qat’iy qaror qilgan edik. Hozir millionlab senegalliklar xursand.

Bahslarni ortda qoldirish kerak. Biz maydonga birga qaytdik va birga g‘alaba qozondik. Bugun o‘zimiz bilan faxrlanishimiz mumkin", — dedi Mendi "BeIN Sports" orqali.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!